Tailandlik erkak bir yilda 80 kiloga ozdi va bunday natijaga qanday erishgani haqida so’zlab berdi.
Bir yil ichida vaznining teng yarmini tashlashga muvaffaq bo’lgan erkak qanday qilib ozgani haqida bo’lishdi.
Tailandlik Nes Chetragull bolaligidan ortiqcha vazn bilan kurashganiga qaramay, semirishdan to’xtamagan. Eng semiz vaqti 156 kilo bo’lgan Chetragull uyqusi bilan muammolar bo’lgani, yurganida yiqilib tushganidan keyin 2019 yil avgustda salomatligi bilan jiddiy shug’ullanishga qaror qilgan.
U ozishga osonlik bilan erishmagan, zararli ovqatlar — yog’li va shirinliklardan tiyilishiga to’g’ri kelmagan. Ertalabdan 150 gramm bug’da tayyorlangan guruch, tushlikka rayhon bargi bilan 300 gramm tovuq filesi iste’mol qilgan. Shu bilan birga, sport bilan shug’ullangan va kuniga ikki soat davomida piyoda yurgan. 2020 yil iyulda parhez va mashqlar sabab 80 kilo tashlashga muvaffaq bo’lgan. 2021 yil iyunda Chetragull ijtimoiy tarmoqlarda o’z hikoyasi bilan bo’lishib, eski jinsida tushgan fotosini joylagan.
Avvalroq britaniyalik ayol 45 kiloga ozgani hamda hayotidagi eng katta orzusini amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.