Kecha, 9 may kuni Quyoshda o’rtacha kuchli chaqnash qayd etildi. Voqea taxminan 23 daqiqa davom etdi va quyosh zarralari Yer tomon yo’naldi. Bu haqda The Watchers xabar berdi.
Quyosh zarralari otilshi radio emissiyasi bilan birga kelgan, bu odatda koronal massaning ajralib chiqishini ko’rsatadi. 10 maydan boshlab quyosh shamoli kuzatilishi kutilmoqda.
Olimlarning taxminiga ko’ra, quyosh zarralarining ko’p qismi Yer orbitasidan o’tadi, ammo sayyoramiz tomonga siljishi mumkin. Ushbu Quyosh chaqnashi bilan bog’liq har qanday holatlar 11 mayda davom etishi va magnit bo’roniga sabab bo’lishi prognoz qilingan.
Izohlarni ko`rish