QUYoN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Quyonlar ham sut emizuvchilarning kichik bir otryadi hisoblanadi. Ilgari quyonlarni kemiruvchilar sirasiga qo’shishgandi. Lekin keyinchalik olimlarning bu fikri o’zini oqlamagach, ularni yana sut emizuvchilar turkumiga kiritishdi.

2. Quyonsimonlar oilasi 66 ta turdan iborat. Ularga pishuxlar, quyon va kroliklar ham kiradi.

3. Quyonlar sovuqda, issiqda, hatto botqoqliklarda ham yashab qola oladi.

4. Krolik va quyon qarindosh hisoblansa-da, bir-biri bilan jinsiy munosabatga kirishmaydi. Quyonlar kroliklarga nisbatan kattaroq bo’ladi.

5. Quyonning kayfiyati chog’ bo’lsa, tishlari yordamida xuddi mushukka o’xshab murillay boshlaydi. Yoki raqs namoyish etadi.

6. Quyonlarning old yuqori tishlari xuddi kemiruvchilarda bo’lganidek, bir umr o’sishda davom etadi.

7. Quyon yashash uchun 3 metrlik chuqur kovlaydi. Bu uycha bir nechta kirish va chiqish eshiklaridan, xonalardan iborat bo’ladi. Uychada uxlash uchun alohida, ovqatlanish uchun alohida va hokazo xonalar mavjud.

8. Quyonlar qorong’i tushishi bilan oilaviy tarzda yemish topish ilinjida ovga otlanadi.

9. Dunyodagi eng yirik quyon 12 million yil oldin Menorka orolida yashagan. Uning sof vazni 15 kilogrammga teng bo’lgan.

10. Quyon doimiy tarzda harakatda bo’lishi lozim. Aks holda suyak qismi osteoporoz xastaligiga uchraydi.

11. Miyasi kichik hajmda bo’lsa-da, quyon juda aqlli va farosatli jonivor. Xavfni juda tez ilg’ay biladi. Dushmanlarini chalg’itish uchun izlarni yo’qotishga ham ustasi farang.

12. Ko’payish pallasida esa quyonlar ehtiyotkorlikni boy beradi, xuddi ruhiy xastalikka chalingan jonzot tusiga kiradi.

13. Quyon bolalari tayyor yung, ochiq ko’z bilan dunyoga keladi.

14. Quyon bolalarini mahluqlarga yem bo’lishdan nihoyatda aqllilik bilan ehtiyot qiladi. Ya’ni, ma’lum muddat bolalarining yoniga bormay turadi. Shu yo’l bilan yaqinlashib keladigan mahluq uchun hid va izlar orqali bolalarini to’g’ri topib kelish imkonini yo’q qiladi.

15. Erkak quyon urg’ochisiga nisbatan ikki hissa kamroq umr ko’radi.

16. Quyonning ko’zlari 360 darajagacha aylanish quvvatiga ega. Demak, u orqasida kim borligini ham xuddi ot kabi aniq ko’rib turadi.

17. Urg’ochi quyonlar hali birinchi partiyadagi bolalarni dunyoga keltirmay turib parallel tarzda yana homilador bo’lishi mumkin.

18. Ovchining changaliga tushgan quyonning yuragi ko’p hollarda kutilmagan shokdan yorilib ketadi.

19. Qadimda nasroniylar quyon timsolidan tavba qilish yo’lida foydalangan. Ko’p hollarda gunohkorlarni quyon deb atashgan.

20. Quyon soatiga 50 kilometr tezlikda chopadi.

21. Yomg’ir boshlangan mahal quyon quloqlarini buklagan holda yopib oladi. Quyon arzimas sovuq tufayli ham shamollashi mumkin. Qish kirganda, quyonning qorin qismidagi yunglar bir necha millimetrga uzunlashadi. Bu quyonning qorinchasi sovqotib qolmasligini ta’minlaydi.

22. Peterburgdagi Quyon oroliga behuda shunday nom berilmagan. Qachonlardir Petr I davrida shaharni suv bosgan. Shunda bir quyon podshohning etigi ichiga o’zini otgan va natijada omon qolgan.

23. Quyonlar o’rtacha 8-9 yil umr ko’radi.

24. Quyonning tirnoqlari juda o’tkir. U orqa oyog’idagi tirnoqlar yordamida dushmanining qorin qismini yorib tashlay oladi.

25. Hayotda quyonlarga oid yana bir haqiqat mavjud. Qaerdadir quyonni it asrab olgan va parvarish qilgan. Oqibati shunday bo’lganki, quyon itning ko’plab odatlarini o’zlashtirgan. Masalan, basharti o’sha atrofdan begona it yo mushuk o’tib qolsa, vovillagancha tashlanib talagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi