Rossiyalik bir harbiyning yuragidagi igna muvaffaqiyatli olib tashlandi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, professor, yurak qon-tomir xirurgiyasi Markazi rahbari Aleksandr Liщuk ma’lum qilgan.
Uning so’zlariga ko’ra, erkak tishini igna bilan tozalab bo’lgach, uni karavot yonida qoldirgan. Uyquda ag’darilganda esa igna tanasiga kirib ketgan. Liщuk bu hodisa bemorning sevgan qizi bilan janjalidan so’ng sodir bo’lganligini ham qo’shimcha qiladi. Shu holda harbiy bir hafta bamaylixotir yurgan. Igna suqilgan joyda yiring paydo bo’lgach, u shifokorlarga murojaat qilgan.
Saratovlik shifokorlar tanasidagi ignani olishga harakat qilib ko’rishgan, biroq shu vaqtda ignaning yarmi sinib, yurakka qarab yo’l olgan.
Shundan so’ng harbiyni Vishnevskiy kasalxonasiga olib kelishdi. Ignani olish uchun yurak ishini bir muddat to’xtatib turishga to’g’ri keldi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Hozirda bemor palataga olingan.