Qurbon hayiti qaysi kunga to'g'ri kelishi ma'lum qilindi

O’zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ma’lumotiga ko’ra , hijriy 1443 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo’yicha 2022 yil 30 iyun kuniga to’g’ri keladi.

Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022 yil 8 iyulga to’g’ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog’ida jam bo’lishadi.

9 iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlangandan so’ng, o’zbekistonliklar ish haftasi turiga qaramay ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Jumladan:

9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;

10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;

11 iyul – dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

12 iyul – seshanba:

a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko’chirilgan dam olish kuni;

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo’shimcha dam olish kuni.