Qozog’istonlik 70 yashar Muxtabar To’rayeva 35 yildan beri soqolini olmagan. Agar 34-35 yoshida soqol paydo bo’lgan chiqsa, oradan qisqa vaqt o’tib mo’ylovi ham o’sa boshlagan. O’sha paytda kampir allaqachon oilali bo’lib, ikki farzandning onasi ham edi.

— Erim soqolimni ko’rgach, sira hayron bo’lmagan, — deydi Muxtabar ona. — Aksincha, men bilan faxrlangan. Bunday soqol-mo’ylovli xotin hech bir erkakda yo’qligini aytib quvongan. Yana menga soqol-mo’ylovni parvarishlash lozimligini, chunki bu ham Ollohning inoyati ekanini uqtirgan…

Hozir Muxtabar onaning soqoli uzunligi 16 santimetrga teng. Uning aytishicha, soqol-mo’ylov rahmatli buvisi, onasidan meros qolgan ekan.