Braziliyada istiqomat qiluvchi 8 yoshli Nikol Oliveyra NASA uchun 18 ta asteroidni kashf qilib, dunyodagi eng yosh astronomga aylanish arafasida turibdi. Endilikda ushbu kashfiyotlarni ekspertlar tasdiqlab berishlari kerak.
Qizaloq ayni vaqtda NASA dasturi bilan band, shuningdek xalqaro seminarlar va yetakchi olimlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etadi. U asteroidlarni kashf qilgan tarixdagi eng yosh astronom sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Qizaloq NASA agentligining “Asteroid ovchilari” loyihasi doirasida 18 ta samoviy jismni kashf qilgan. Kashfiyotlar ekspertlar tomonidan tasdiqlansa, 8 yoshli qizcha 1998 AZ4 asteroidini kashf qilgan 18 yoshli Luiji Sanninoning rekordini yangilaydi.
Qizaloq o’zi kashf qilgan asteroidlarga braziliyalik olimlar, oila a’zolari, otasi va onasining ismini bermoqchi.