“Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo'lishga chaqirildi

So’nggi kunlarda internet, ijtimoiy tarmoqlarda aksiyalar, tovarlarning kelishilgan miqdorini sotib olish sharti bilan taqdim etiladigan chegirmalar, mavsumiy chegirmalar tashkil qilinganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunda ko’pincha muayyan holatga chegirmalar (kompaniyaning yilligi, milliy bayram va boshqalar) keng qo’llaniladi.

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim yirik savdo tarmoqlari foyda olish maqsadida ko’pincha xaridorlar bilan turli xil manipulyatsiyalarga kirishishi, masalan, dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boricha haddan tashqari oshirib yuborilishi, so’ngra ularning narxi haqiqiy narxigacha tushirilishi mumkin. Bunda xaridorlar tomonidan chegirmali tovarlarni xarid qilish orqali ularda foydali xarid hayolini/illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.

Odatda ko’pincha, bayramlar oldidan yirik savdo markazlari va do’konlar tovar narxlarini keskin ko’tarishi, keyin esa chegirmalar e’lon qilish orqali go’yoki, tovar narxlarini keskin tushirilganligi to’g’risida reklamalar beriladi, haqiqatda esa chegirmadagi tovar narxi eski narxdagi holatiga qaytarib, go’yoki 20-30% chegirmalar qo’llanilgandek taqdim etiladi.

 

«Qo’mita o’z navbatida, tovarlarni, mahsulotlarni chegirma bilan sotish holatlariga e’tiborliroq bo’lish, tovarlarni sotib olishdan oldin uning sifati va nuqsonsiz ekanlignini tekshirishni unutmaslika chaqiradi.

O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o’zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot berishi shartligi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasida reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bilan bog’liq munosabatlar “Reklama to’g’risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Mazkur Qonunning 16-moddasiga ko’ra, nomaqbul (noto’g’ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) reklama taqiqlangan.

Hurmatli iste’molchilar, Sizdan tovarlarlarni chegirma bilan xarid qilishda to’siq va muammolar yoki noto’g’ri va ishonchsiz reklamalarni tarqatish holatlari kuzatilgan taqdirda Qo’mita ishonch raqami orqali (1159) murojaat qilishingiz so’raladi», – deyiladi xabarda.

 

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiFarg’onada 3 nafar bokschiga viloyat hokimi uy sovg’a qildiKeyingiQozog’iston Xitoyga yangi temir yo’l qurishni boshladi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo'lishga chaqirildi Bu qiziq Istanbulning an’anaviy ko’cha taomlari “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo'lishga chaqirildi Bu qiziq Aytdim-ku, juhudda o’pkayam, yurak ham yo’q deb!.. “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo'lishga chaqirildi Bu qiziq Istanbul Modern muzeyi tashkil topgan kundan beri 9 million sayyohni qabul qildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo'lishga chaqirildi Yurtimizda Buxoroning Olot tumanida kuniga 500 ming kub metr gaz qazib olinadigan… Navbahor Inomjonova — 21.12.2023, 09:36 0