Istanbulning an'anaviy ko'cha taomlari

Turk oshxonasi, Mishel yulduzli restoranlardan tortib, mintaqaviy taomlarigacha xalqaro miqyosda diqqatga sazovordir. Boy tarixi va zamonaviy ko’ngilochar markazlari bilan mashhur bo’lgan Istanbul sayohati davomida shaharni to’liq his etish uchun turli an’anaviy lazzatlardan bahramand bo’lish lozim. Jumladan, Istanbulning ko’cha taomlari madaniyati o’rganilishi kerak bo’lgan alohida mavzudir. Har bir mintaqaning o’ziga xos ta’mga ega ko’cha taomlari mavjud. Quyida ular haqida batafsil tanishib chiqamiz.

Nonushtadan kechki ovqatgacha…

Dunyoga mashhur turk nonushtasining asosiy qismi bo’lgan «simit» Istanbulning eng mashhur va keng tarqalgan ko’cha taomidir. Klassik simit diametri taxminan 15 sm bo’lgan, kunjut urug’lari bilan qoplangan, tashqi qismi qarsildoq, ichki qismi mayin, oson chaynaladigan halqa shaklidagi nondir. Paromlardagi kichik do’konlarda va ko’cha sotuvchilarining antiqa aravachalarida sotiladigan ushbu Istanbul ko’cha taomi ochlikni qondirish uchun yetarli darajada to’yimlidir. Simit, ayniqsa, ertalab bir stakan issiq turk choyi va turk pishlog’i bilan mazali nonushtani tashkil qiladi. Ushbu uchlik tushdan so’ng choy o’rniga ayron ichimligi bilan ham yoqimli tamaddi o’rnini bosadi.

«Doner» mamlakat chegaralaridan tashqarida ham mashhur taomdir. «Doner» so’zi «aylan» degan ma’noni anglatib, ziravorlangan, ingichka qilib kesilgan mol go’shti, qo’zichoq yoki tovuqni vertikal temir six yordamida grilda pishirish uslubini anglatadi. Taomning hashamatli tortig’ida guruch to’shagida go’sht bo’laklari bo’lishi mumkin bo’lsada, Istanbulda ko’cha turi odatda yupqa yassi nonga o’ralgan yoki salat, pomidor va ehtimol sous bilan non ichiga to’ldirilgan holda keladi.

«Kokorech» Turkiyaning sevimli yengil ko’cha taomi bo’lib, u to’yimli non orasiga to’ldirilgan qo’y yoki qo’zichoq ichaklaridan iborat. Pishgan go’sht halqa shaklida kesiladi, undan so’ng esa, yirik bo’laklarga bo’lib mijozlarga tortiq etiladi. Turk milliy taomlarining eng o’ziga xoslaridan biri bo’lgan «Kokorech» mamlakatda, ayniqsa, kechki ovqat sifatida sevib tanavvul qilinadi. «Kokorech» yaxshi tozalangan qo’y ichaklarini olovda qizdirib, qalampirmunchoq, chili qalampiri, jambil va tuz kabi turli ziravorlar bilan aralashtirib tayyorlanadi. Ko’pincha yupqa non orasiga o’rab, sendvich ko’rinishida iste’mol qilinadi.

To’ldirilgan midiya (chig’anoq) ko’cha taomi

To’ldirilgan midiya Turkiyaning dengiz bo’yidagi har bir shahrida, ayniqsa, Istanbul xiyobonlari bo’ylab joylashgan do’konlarda mavjud bo’lgan mazali va mashhur taomdir. Midiya qobig’i guruch, tuz, chig’anoqning ichki suyuqligi hamda ziravorlardan tashkil topgan masalliqlar bilan to’ldiriladi va ustiga limon siqilgan holda tortiq etiladi. Midiya sotuvchilarni butun Istanbul bo’ylab, ayniqsa Taksim, Beshiktosh va Kadko’y tumanlarida oson uchratish mumkin. Kartoshka chipslari kabi, faqat bittasini iste’mol qilish deyarli imkonsiz.

Shuningdek, ushbu ro’yxatga cho’g’da pishgan makkajo’xori va mazali kashtan yong’oqlari, dengiz bo’yidagi qayiqlarda pishiriladigan issiqqina “baliqli non” hamda qo’rda pishgan katta kartoshka orasiga pishloq va boshqa turli lazzatlar solib tayyorlanadigan «kumpir» ko’cha taomlarini ham kiritishimiz mumkin.

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiMbappe ukasining «Mets»ga qarshi o’yindagi debyutiga munosabat bildirdi Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Istanbulning an'anaviy ko'cha taomlari Bu qiziq Aytdim-ku, juhudda o’pkayam, yurak ham yo’q deb!.. Istanbulning an'anaviy ko'cha taomlari Bu qiziq Istanbul Modern muzeyi tashkil topgan kundan beri 9 million sayyohni qabul qildi Istanbulning an'anaviy ko'cha taomlari Bu qiziq Kartoshka sabzavotlar qatoridan chiqishi mumkin FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz Istanbulning an'anaviy ko'cha taomlari Xorijda SAXAL HAMASning eng katta tunelini topdi Behruz Hayitov — 18.12.2023, 04:06 0