TURKIYaNING YaNGI YIL YO'NALIShLARI…

Istanbul Kapadokiya va Antaliya

Har bir sayyohning tashrif buyurishi kerak bo’lgan joylar ro’yxatidagi ilk uch yo’nalish bo’lgan Istanbul, Kapadokiya va Antaliyada yangi yilga «marhabo» deyishga qanday qaraysiz? Yangi yil rejalarini tuzib bo’lmaganlar yoki 2024 yilning ilk mo»jizaviy lahzalarini dunyoning eng betakror joylarida boshdan kechirishni xohlovchilar uchun Turkiyaning muhtasham manzillariga yaqindan nazar solamiz.

Istanbul ‑ yangicha xissiyotlar!

Istanbul o’zining tarixiy diqqatga sazovor joylari, ko’p madaniyatli tuzilishini aks ettiruvchi me’morchiligi, jonli madaniyat va san’at muhiti, turli lazzatli taomlari va keng ko’lamli xarid qilish imkoniyatlari bilan dunyodagi mutlaqo tashrif buyurish kerak bo’lgan shaharlaridan biri sanaladi. Shahar Travel + Leisure (T+L) jurnalining “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy” ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, kelgusi yil uchun tavsiya etilgan sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi. Istanbul o’z mehmonlariga ming yillik tarixga ega bo’lgan Tarixiy yarim oroldan maftunkor Bosfor bo’g’ozigacha, mazali turk va jahon taomlaridan tortib, turar joy sifatining yuqori standartlarigacha ko’plab shahar tajribalarini taqdim etadi. Dekabr oyida ham bu shaharda quyoshli kunlardan bahramand bo’lishingiz mumkin. Shaharning gavjum va jonli ko’chalarida, rang-barang peshtaxtalar va qahvaxonalardan chiqayotgan yoqimli hidlar orasida adashib qolishingiz hech gap emas.

Kapadokiya: Ertaklar mamlakatidagi g’or mehmonxonalari

Turkiyaning va dunyoning mo»jizaviy manzillaridan biri bo’lgan Kapadokiya yangi yilni g’ayrioddiy shaharda nishonlashni istaganlar uchun eng yaxshi tanlovdir. Peri mo’rilarining betakror shakllari, o’nlab metrga cho’zilgan antiqa yer osti shaharlari, qoyalarga o’yilgan uylari, cherkov va monastirlari, havo sharlarida sayohat qilishning g’ayrioddiy tajribasi va siz qolishingiz mumkin bo’lgan muhtasham g’or mehmonxonalari… Turkiyaning mashhur qishki yo’nalishlaridan biri bo’lgan Kapadokiya hashamatli turar joylaridan tortib, turk oshxonasining eng mazali namunalariga qadar barcha xizmatlarni taklif etadi. Kapadokiyaning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan hashamatli g’or mehmonxonalarida kunni tetiklashtiruvchi massaj bilan boshlashingiz mumkin. O’z yaqinlaringiz bilan maroqli vaqt o’tkazishingiz va havo sharida yuqoridan turib yerdagi tabiiy mo»jizalarni kuzatishingiz mumkin.

Antaliya: Yangi yil O’rta Yer dengizi quyoshi ostida

Turk Rivierasining yuragi bo’lgan Antaliya quyoshli va yumshoq O’rta Yer dengizi qishi tufayli dekabr oyida ham issiq havodan bahramand bo’lishingiz mumkin bo’lgan shahardir. Bu nafaqat yozgi, balki yil davomida tashrif buyurish mumkin bo’lgan serquyosh manzildir. Oilaviy va yakkaxon dam olish uchun mukammal tanlov bo’lgan shahar Yangi yilni iliq va quyoshli muhitda o’tkazishni xohlaydiganlarning sevimli joyi bo’lib qolmoqda. Uzun sohillar, qadimiy shaharlar, ko’hna tarixini aks ettiruvchi muzeylar va O’rta Yer dengizi lazzatlari bilan to’la bo’lgan Antaliya, go’zal manzaralar orasida “yaxshi hayot” zavqini tuyishingiz mumkin bo’lgan noyob manzildir. Barcha qulayliklarga ega bo’lgan mehmonxonalarda siz, maxsus bayram kechasi uchun uyushtirilgan qiziqarli tadbirlarida qatnashishingiz va ertasi kuni O’rta Yer dengizi quyoshi ostidagi bu ertaknamo shaharni kashf qilishingiz mumkin.

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiG’azo sektorida ocharchilik inqirozi e’lon qilindiKeyingiKorrupsiya – taraqqiyotga to’siq bo’luvchi xavfli illat Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN TURKIYaNING YaNGI YIL YO'NALIShLARI… Bu qiziq “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo’lishga chaqirildi TURKIYaNING YaNGI YIL YO'NALIShLARI… Bu qiziq Istanbulning an’anaviy ko’cha taomlari TURKIYaNING YaNGI YIL YO'NALIShLARI… Bu qiziq Aytdim-ku, juhudda o’pkayam, yurak ham yo’q deb!.. FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz TURKIYaNING YaNGI YIL YO'NALIShLARI… Yurtimizda Rasman: daraxt kesganlik uchun jazo og’irlashadi Navbahor Inomjonova — 21.12.2023, 10:33 0