Tarixchi olima A.Musakayevaning ta’kidlashicha, Buxoroda milodiy III-IV asrlarda mis tangalar muomalada bo’lgan.
Bu tangalarning old tomonida tuya suratlari tasvirlangan. Orqa tomonida esa olov mehrobi o’z aksini topgan. Umuman Buxoro tangalarida 300 yil davomida tuya tasvirli tangalar ustunlik qilgan.
Shuningdek, Choch va Varaxshadan topilgan tangalarda ham qurbongoh va tuya tasvirlari ko’p uchraydi.
Arxeologlar V.A.Shishkin va L.I. Rempelning qayd etishicha, tuyani tangalarda tavsirlash aslida Avestodagi rivoyatlardan meros qolgan.
Manba: “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” turkumidagi “Davlat ermitaj to’plami” (XIII tom) va “Samarqand davlat muzey-qo’riqxonasi to’plami” (XVIII tom).
Loyiha bosh homiysi «Eriell Group» neft xizmatlari kompaniyasi.