Afrika zaminida qazish ishlarini olib borgan arxeolog olimlar shunday to’xtamga kelishdiki, qadim zamonlarda erkaklar umri davomida faqat bir joyda yashab qolgan. Ayollar esa unday emas. Ular bir makondan ikkinchi, uchinchi makonga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Nega? Qanday qilib? Ayollarni u joydan bu joyga ko’chishga nima majbur etgan?..
Ma’lum bo’ldiki, ayol, aniqrog’i, qiz turmushga chiqqach, xuddi hozirgidek kuyov bo’lmishnikiga ko’chib o’tgan. Mabodo eri olamdan o’tsa, yo bu uyni tark etib ona uyiga qaytgan, yoki o’ziga boshqa er topib o’shanikida hayotini davom ettirgan.
Lekin bunisi holva ekan. Qadimiy Hindistonda eri olamdan o’tgan ayol u bilan birga olov iskanjasiga yotishi talab etilgan. Agar bosh tortsa, atrofdagilar majburan uni olov o’rtasiga yotqizishgan. Shunday qilib ayol marhum eri bilan tiriklay kuyib kulga aylangan.
Qadimiy Gretsiyada esa ayol nosog’lom, zaif farzandni dunyoga keltirsa, uni o’z qo’llari bilan bo’g’ib o’ldirgan, yoki jarlikka tashlab yuborgan.
Afinada ham ayollarga oson kechmagan. Qadimda bu shaharda yashovchi qiz turmushga chiqmasdan turib bokiraligidan mahrum bo’lsa, otasi o’sha kuniyoq uni qul sifatida birovga sotib yuborgan.
Qadimiy Rimda qullikka mahkum ayollar shu darajada kamsitilganki, ular doimiy tarzda ham xo’jayini, ham do’stlarining ko’nglini olishi shart bo’lgan. Bosh tortsa, dahshatli usullar yordamida o’ldirib yuborilgan.
Astag’firillo!!!