Sobiq sovet ittifoqi davlatlari prezidentlarining farzandlari biznesda katta muvaffaqqiyatlarga erishmoqda.

Ozarbayjon
Ozarbayjon yetakchisi Ilxom Aliyevning oilasida uch nafar farzand bor: prezidentning yolg’iz o’g’li Geydar o’tgan yil kuzida harbiy xizmatga ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, prezidentning qizlari Leyla va Orzu ijtimoiy faoliyati bilan shug’ullanadi. Xususan, Leyla Geydar Aliyevning jamg’armasining rahbari o’rinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Biroq, ayrim OAVlariga ko’ra, ularda Ozarbayjon turli korxonalarida million dollarlik ulushi bor.

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Armeniya — o’g’il otasining ishini davom ettirmoqda
Prezident Armen Sarkisyanda ikki nafar o’g’li bor: Ayk va Vartan. Ular haqida ma’lumot juda kam. OAVlar yozishicha, Vartan – IT-ishbilarmon va axborot texnologiyalar bo’yicha mutaxassis. U «Knightsbridge Group| xoldingga rahbarlik qiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi – axborot xavfsizligini ta’minlash. Armeniya konstitutsiyasiga ko’ra, prezident vakolatlari ko’p emas, asosiy hokimiyat vakolatlari hukumat va parlament o’rtasida taqsimlangan.

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Qozog’iston: Nazarboyevning qizi – milliarder
Qozog’iston prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor.

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

To’ng’ich qiz – Dariga Nazarboyeva. Uning yoshi 55 da, u biznesmen, siyosatchi va diplomat Raxat Aliyevga turmushga chiqqan. Aliyev 2015 yilda vafot etgan. Oilada uch nafar farzand bor. Dariga Nazarboyeva OAVlarga rahbarlik qilgan, ishbilarmonlik bilan shug’ullangan, Nurbank aksioneri ham bo’lgan. Shuningdek,  “Asar” partiyasiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, Qozog’iston parlamentining quyi palatasi deputati, bosh vazir o’rinbosari lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda parlamentning yuqori palatasida deputat bo’lib ishlamoqda.

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Ikkinchi qizi – 51 yoshli Dinara Kulibayeva. U qozog’istonlik ishbilarmon va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Ular oilasida bir nafar o’g’il, ikki nafar qiz bor.

«Forbes» jurnal ma’lumotlariga ko’ra, uning boyligi 3,2 milliard dollar, shuncha mablag’ uning turmush o’rtog’ida ham baholanmoqda.

Kulibayeva bank va moliya faoliyatidagi ishbilarmonlikdan tashqari hayriya ishlari, ta’lim loyihalari bilan shug’ullanadi. U Qozog’istonning fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Uchinchi qizi – 38 yoshli Aliya uch marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush o’rtog’i – Qirg’iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o’g’li – Aydar. Aliya ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Doniyor Xasenovga turmushga chiqadi, ularning oilasida ikki nafar qiz tug’iladi. Uchinchi marta biznesmen va siyosatchi Dimash Dosanovga turmushga chiqadi. Oilada o’g’il va qiz paydo bo’ladi.

Aliya biznes va ekologik loyihalar bilan shug’ullanadi. Unda qurilish, suv va telekommunikatsiya sohasida biznesi bor.

Ukraina: o’g’il – sobiq biznesmen

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Petr Poroshenko oilasida 4 nafar farzand bor. Ulardan 3 nafar farzand 2000 yillarda tug’ilgan. Poroshenkoning to’ng’ich o’g’li – 33 yoshli Aleksey, 2009 yilda otasining “Roshen” kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik davlat xizmatiga o’tadi. Oxirgi bir necha yil davomida Ukraina parlamenti deputati lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

Estoniya

Prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug'ullanadi? (foto)

Kersti Kalyulayd ikki marta turmushga chiqqan, uning to’rt nafar farzandi bor. Ikki nafar bolalarining yoshi juda kichik, katta farzandlari to’g’risida ma’lumotlar juda oz. Bir necha yil avval to’ng’ich qizi Silya Myardlya (Talvik) o’qituvchi bo’lib ishlashi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. Prezidentning o’g’li Siym Talvik «Sorry As A Service» startap rivojlantirish bilan shug’ullanadi.

Belarus, Gruziya, Qirg’iziston, Latviya, Moldova, O’zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlarining farzandlari biznes bilan shug’ullanishmaydi yoki ular haqida ochiq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim rahbarlarning farzandlari juda kichkina. Litva prezidentida esa umuman farzand yo’q.