Murojaatnoma 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Bunda davlat rahbari 6 502 ta so’z ishlatdi. Eng uzun so’zlar 15 harfdan, o’rtacha bitta so’z 7 ta harfdan iborat edi.
“Ta’lim” so’zi 25 marta, “maktab” so’zi 23 marta, “shaxs” va “xalq” so’zlari 22 marta, “konstitutsiya” va “investitsiya” so’zlari 20 marta, “tadbirkor” so’zi 19 marta va “mahalla” so’zi 18 marta ishlatilgan.
Eslatib o’tamiz, kecha Shavkat Mirziyoyev an’anaviy tarzda Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo’lladi (https://t.me/sputnikuzbek/21926). U bir qancha telekanallar va platformalar orqali jonli efirga uzatildi.
Izohlarni ko`rish