“Paranjili” erkaklar

Afrikadagi  Sahroi Kabirning og’ir tabiiy sharoitiga bardosh berib hayot kechiradigan xalqlardan biri  – tuareglar qabilasidir. Ular qadim vaqtlarda yashagan barbarlarning avlodlari hisoblanadi. Hozirgi kunda tuareglar Sahroi Kabirdagi  bir necha davlatga tarqalgan. Jazoir, Liviya, Niger va Chad davlatlarida yashaydigan tuareg xalqining jami soni bir millionga yaqin.

Tuareglarda juda qadimgi urf-odatlar, udumlar saqlanib qolgan. Ularda ajoyib bir odat bor : ayollar emas, balki erkaklar yuzlarini berkitib yurishadi, ko’z va burungina ochiq qoladi xolos. Hatto ovqatlanish vaqtida ham erkaklarning og’zini hech kim ko’rolmaydi. Erkaklar kiyimi keng kamzuldan iborat bo’lib, salqin kunlari ham ko’rpacha, ham ko’rpa vazifasini o’taydi.