AQSH va Shveysariyalik fiziklar parallel olamlar mavjudligini tasdiqlovchi dastlabki ehtimoliy dalillarga ega bo‘lgani haqida bayonot berdi. Bu haqda “News Frol” portali xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar zarracha tezlatkichida g‘ayritabiiy kvant og‘ishlarini aniqlagan. Bunday o‘zgarishlarni klassik ilmiy nuqtai nazardan tushuntirib bo‘lmaydi. Yetakchi mutaxassisning fikricha, ushbu ma’lumotlar hozirgi reallik bilan subatom darajada o‘zaro ta’sirlashuvchi ko‘rinmas “soya” olamining mavjudligiga ishora qilishi mumkin.
“Agar ushbu gipoteza tasdiqlansa, turli o‘lchamlar o‘rtasida harakatlanish imkonini beradigan texnologiyalarni ishlab chiqish yo‘lini ochishi mumkin”, deb xulosa qilgan maqola mualliflari.
Ma’lumot uchun, parallel olam – bu hozirgi olam bilan bir vaqtda, lekin mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan xayoliy dunyo. Bunday olam g‘oyasi mifologiyada va fantastika janrida mashhur. U turli o‘lchamlarga ega bo‘lishi mumkin: kichik geografik hududdan tortib butun bir koinotgacha. Unda voqealar o‘ziga xos tarzda sodir bo‘ladi, u hozirgi olamdan ayrim jihatlarda farq qilishi yoki butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2029 yilda olimlar Yerning aylanish tezligi oshgani sababli bir soniyani qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi. Bu sayyorada birinchi marta sodir bo‘ladigan hodisa.