His-tuyg’uga beriluvchan insonlarni hayotimizda ko’plab uchratamiz. Buning hech yomon tomoni yo’q, agar bu atrofdagilar bilan munosabatni buzmasa.
Demak, his-tuyg’ularimizni qanday qilib boshqarishni o’rganamiz. Asosiy qoida: vaziyatni o’zgartirolmasangiz, unga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.
Kayfiyat rasvo paytda, hamma joyni ostun-ustun qilishdan oldin ushbu tavsiyalarni bajarishga urinib ko’ring:
1. Asabiylashishni boshlayotganingizni fahmlashingiz bilan, chuqur nafas olib, oyoq va qo’l mushaklaringizni taranglashitiring, so’ng tezda nafasingizni chiqarib yuboring va bo’shashib tinchlaning. Ushbu mashqni 3 marta takrorlang.
2. Ko’zlaringizni yuming va bir oz bo’lsada shu holatda o’tiring. O’sha damda hayolingizga yomon fikrlar keltirmaslikka harakat qilsangiz, yanada yaxshi bo’lar edi agar yomon hayollar kelaversa, unda diqqatingizni pozitiv va sokinroq narsalarga qaratishga urinib ko’ring.
3. Jahlingiz chiqgan payt ko’zgu qarshisiga kelib yuzingiz holatiga qarang, jahl qilishga bo’lgan ishtiyoqingiz tezda so’nadi.
Muvozanatli insonlar eshiklarni qarsillatmaydi, idishlarni sindirmaydi. Ular oxirigacha tinglashadi va birovning gapini bo’lishmaydi. Gapirishga so’zlari yo’qligidan emas, shunchaki jahl chiqganda aql ketishini ular juda yaxshi bilishadi.
loading…