Ranglar nima deydi?

Ko’zlar rangining inson temperamentiga bog’liq ekanligi psixolog va kriminalistlar tomonidan tasdiqlangan. Shunday ekan, ta’riflar bilan tanishing

Qora ko’zlar

Qora ko’zlar egasining g’ayratli va sabrli ekanligini anglatadi. Shuningdek, ular ko’nikuvchan hamdirlar.

Jigarrang ko’zlar

Ko’zlari jigarrang shaxslar hokimlik qilishga moyil bo’ladilar, biroq ular ozgina dangasaroq, shuning uchun ham, ko’pgina orzulari armon bo’lib qolib ketishi tabiiy. Ular bayram va tantanalarni xush ko’radilar.

Kulrang ko’zlar

Kulrang ko’zli shaxslar o’ta mehnatsevar, maqsad sari olg’a intiluvchandirlar. Ular sokin va mulohazakor bo’ladilar. Ko’pincha katta yutuqlarga ham erishadilar.

Ko’k ko’zlar

Ko’k ko’zlilar romantik va pragmatik bo’ladilar. Ular shamol kabi beqaror bo’lib, ko’pincha muhabbat borasida bevafodirlar.

 

 

loading…