O'ziga xos razvedka: dugonangizni sinovdan o'tkazing!

«Tilla uzukka tilla ko’z bo’lmaydi hech qachon, qiz bolaga qiz bola do’st bo’lmaydi hech qachon» degan edi mashhur shoirimiz. Ammo bu gap har doim ham o’z tasdig’ini topavermaydi. Chunki bir-biriga sodiq dugonalarni istagancha uchratish mumkin. Faqat ularning ba’zilari bilan razvedkaga borib bo’ladi, ba’zilari bilan esa yo’q. Razvedkaning nima aloqasi bor, deysizmi? Axir haqiqiy do’stlik o’sha yerda sinaladi-da! Qani, o’zingiz va dugonangizni bir sinovdan o’tkazib ko’ring-chi!

«Qo’y» burji ostidagi dugona

Bu qiz odamlarga nisbatan ochiq munosabatda bo’ladi, muhtojlarga birinchi bo’lib yordam qo’lini cho’zadi, hech qachon odam ajratmaydi va ishlarni paysalga ham solmaydi. Uning uchun hozirda, ayni daqiqalarda yuz berayotgan voqealar muhim.

Yomon jihati ham shu — ortga cho’zmasligi, barchasini hozir va darhol qilishga intilishdir. Bunda ko’p hodisalar o’z vaqtida sodir bo’lmaydi. Agar u bilan razvedkaga boradigan bo’lsangiz, nimanidir yondirib, kuydirib, kul qilib tashlaydi. U ortga qaytgan zahoti unga bemalol qahramonlik unvonini berishlari aniq.

«Qo’y» burjida tug’ilgan qizlarga esa do’stlashishni biladigan va tushunadigan dugona kerak. Shu bois unga «qovg’a» burjidagi qiz munosib dugona bo’la oladi.

«Buzoq» burjidagi dugona

Og’ir-vazminligi va mehribonligi uning tabiatidagi asosiy fazilatlaridan biridir. U go’zallikdan chin ko’ngildan zavq ola biladi va o’zgalarning g’alabasidan xursand bo’ladi.

Tabiatidagi eng yomon jihatlari esa uning o’ta dangalligi va ba’zi holatlarda tasavvurlariga uncha erk bermasligidir.

Buzoq — dugonangiz bilan razvedkaga borsangiz, safar uzoq va xotirjam kechadi. Dushmandan qochib, uzoq vaqt butalar orasida yashirinib yurasiz. Biroq bu qiz bemalol dushman qarshisiga borib, naq yuragiga pichoq sanchishi mumkin. O’zinikilarni himoya qilishga doimo tayyor. Biroq bunday dugona bilan oxir-oqibat o’lib ketish hech gap emas.

«Buzoq» burjidagi qizga «baliq» qiz yaxshi dugona bo’la oladi. Aynan «baliqlar» ular bilan o’z xavotir hamda sirlarini bo’lishishlari mumkin.

«Egizaklar» burjidagi dugona

Vaziyatga tezda baho bera olishi, nozik didi va aktyorlik mahorati bilan ajralib turadi. Aynan shu jihatlari uning nozik tomoni.

Egizak dugona bilan razvedkaga borishdan avval yurakni baquvvat qilib olish kerak. Sababi, bu qiz jumboqqa to’laligi bilan odamni qo’rqitadi. U bilan tortishib bo’lmaydi, har doim fikrlar xilma-xilligi kelib chiqadi. Shuning uchun razvedkada taktikangiz ustida uzoq tortishib qolib, endi emaklay boshlaganingizda minaga duch kelib, yondiruvchi raqslar bilan raqib e’tiborini jalb etish hech gap emas.

«Egizaklar» burji ostida tug’ilgan qizga «qo’y» munosib dugona bo’ladi. Ular uchun har doim yordam qo’lini cho’zishga shay dugonaning borligi kuch bag’ishlaydi.

«Qisqichbaqa» burjidagi dugona

Marhamatli va sezgir tabiati bilan maqtana oladi, sovg’alar berishni va xushomad qilishni yoqtiradi. Yomon tomoni shuki, ba’zida o’ylagan narsasi qolib butkul boshqa gapni gapirishi mumkin. Hech qachon o’z imkoniyatini qo’ldan bermaydi.

Agar qisqichbaqa dugonangiz bilan razvedkaga borsangiz, tez orada mag’lubiyatga uchraysiz. Siz unga barcha mayda tafsilotlari bilan ko’rsatma berasiz, ammo u, baribir. boshqacha yo’l tutadi. Yoki granata uloqtirishni eplay olmaydi, yoki dushmanga taslim bo’lib qo’ya qoladi.

«Qisqichbaqa» burji ostida tug’ilgan qizga «buzoq» yaxshi dugona bo’la oladi. Chunki ularning qiziqishlari va hayotga bo’lgan intilishi bir xil.

«Arslon» burjidagi dugona

Ishonchli va sadoqatli bo’la olishi bilan boshqa burjlardan ustun turadi. Hech bir noz-karashmasiz o’zini malikadek tuta oladi. Yomon tomoni uning oldida ojiz tomonlaringizni yashira olmaysiz. Malika yonida doim arzanda bo’lib qolaverasiz.

Agar u bilan birga razvedkaga borsangiz, topshiriq to’liq bajariladi. Bunday dugona bilan nafaqat ko’priklarni minalashtirasiz, balki dadillik bilan dushman bosh qarorgohiga qadar kirib borasiz. U barcha postlarni egallab, xotirjam qarorgohga kirib boradi. Shundan keyin sizga qahramon unvoni beriladi, faqat vafotingizdan keyin.

«Arslon» burjidagi qizlar uchun obro’li va xilma-xil «egizaklar» dugona mos tushadi.

«Parizod» burjidagi dugona

Har doim yordamga tayyor, nafaqat ma’naviy, balki amaliy tomondan ham qo’llay oladi. U yolg’onni his qila oladi va agar biror nimadan shubhalansa, uzoq tahlil qiladi. Dangalligi esa ba’zida hushyor torttiradi.

«Parizod» bilan razvedkaga borish — g’alaba qilish degani. U siz belgilab bergan rejaga qat’iy amal qiladi, harakat chog’ida sizning topshiriqlaringizni so’zsiz bajaradi. Agar sizni qutqarib qolishga muvaffaq bo’lsa, buni butun umr eslatib yuradi.

Dangal «parizod»larga «qisqichbaqa» yaxshi do’st bo’la oladi.

«Tarozi» burjidagi dugona

Bu qiz juda nozik tabiat va yaxshi ertakchi. U aktrisa kabi o’z tomoshasini hech qachon to’xtatmaydi. Ba’zida gaplaridan tushunarsiz daryo yo’li va botqoqliklar haqidagi uydirmalar joy oladi.

Bunday qiz bilan razvedkaga borsangiz, barchasi ancha zamonaviy tarzda o’tadi. Kim bilan qanday gaplashish kerak, «tarozi» qiz hammasini yaxshi biladi. Siz informatsiyaga to’lib-toshib, ortingizda izlarni yo’q qiluvchi guruh bilan qaytasiz.

«Tarozi» qizga «arslon» dugona munosibdir. U sizga omad va muvaffaqiyat baxsh etadi.

«Chayon» burjidagi dugona

Bunday qizlar hayotga jiddiy qarashadi va fantaziya hamda uydirmalarni tan olishmaydi. Yomon tomoni, shu jihati haddan ortiqligidir.

Razvedkada «chayon» bilan ayovsiz tarzda yo’lingizdan chiqqan barcha raqiblarni yo’q qilasiz. Oradan oz vaqt o’tib, uning barcha buyruqlarini bajara boshlaysiz. Urushdan ortga qaytmasligingizning hayron qoladigan joyi yo’q, sababi xush kayfiyat dugonangiz yuzma-yuz holda sizga o’q uzadi.

«Chayon» burjidagi qizga «parizod» qiz yaxshi dugona bo’ladi.

«O’qotar» burjidagi dugona

Uning tabiatidagi optimizm va va qitmirlikka moyilligini ajratib ko’rsatsa bo’ladi. Shu sifatlarning o’zi ham yomon.

«Chayon» qiz bilan razvedkaga borsangiz, juda muhim narsani unutasiz. Uzoq vaqt bundan kulib yurasiz. Bor anjomlar bilan jang qilishga majbur bo’lasiz. Bunday qiz bilan urushdan omon chiqishingiz aniq.

«O’qotar» uchun eng yaxshi dugona «tarozi» bo’lishi mumkin. U doim kayfiyatingizni ko’tarib, har qanday vaziyatdan chiqish yo’lini ko’rsatadi.

«Tog’ echkisi» burjidagi dugona

U atrofida qiziqarli voqealar bo’lishi va ularni ajoyib tarzda so’zlab bera olishi bilan atrofdagilarni o’ziga jalb etadi. Yomon tomoni ham shu, axir bu gaplar sizga yomon ta’sir qilishi mumkin.

Razvedkada u o’zini chidamli va erkin ko’rsata oladi hamda siz uning barcha rejalariga mos harakat qilasiz. Agar asirga tushib qolsa ham sizni sotmaydi. Siz ham bunday dugonani qutqarish uchun har qanday xavfga qarshi borasiz.

«Tog’ echkisi» burji ostida tug’ilgan qizga «chayon» yaxshi do’st bo’la oladi.

«Qovg’a» burjidagi dugona

Bunday qiz bilan hayot doim qiziqarli o’tadi. Nafosat va go’zallikni o’zida jamlagani bilan qovg’a qizlarida ayollarga xos injiqlik bo’lmaydi. Yomon jihati, ba’zida ularda ishqibozlik avj olib ketadi.

Razvedkada okopda o’tirgan holda, yov bilan tinch gaplashib turishidan qo’rqasiz. Biroq bu paytda ularni idishga bildirmay solingan zahar va uning miqdori ko’proq qiziqtiradi.

«O’qotar» burji ostida tavallud topgan qiz ular uchun eng munosib dugona bo’lishi mumkin. Dugonasi uni yangi ufqlar sari undab turadi.

«Baliq» burjidagi dugona

U yengillik bilan istalgan yangi sharoitga moslasha oladi. Xuddi aksingiz kabi o’zaro muvofiqlikka intiladi.

Bu dugonangiz bilan razvedkaga borishdan cho’chimang, u har joyda o’z tanishlarini topa oladi. Topgan tanishlari uzoq qarindosh bo’lib chiqishi ham hech gap emas. Shunday ekan, siz u bilan tinch va xotirjam vazifalaringizni hal etib kelasiz.

«Buzoq» burjidagi qiz bilan yaxshi do’st bo’la oladi. Axir u uchun ruhiy yaqinlik birinchi o’rinda turadi.

Ozoda HALIMOVA tayyorladi.

(«Hordiq plyus» gazetasi xazinasidan)

loading…