«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

Barchaning tasavvurida kelinlar oppoq libosda gavdalanadi. Ammo bugungi qahramonlar hammadan farqli ravishda to’y libosi uchun qora rangni tanlashga qaror qilgan.

Merilin Monro

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

1954 yilda eng taniqli aktrisa ikkinchi marotaba turmush qurgan. Bu safar aktrisaning tanlovi beysbolchi Jo Di Majo edi. Monro nafaqat ajoyib nikoh oqshomini, balki an’anaviy oq libosdan ham voz kechishga qaror qilgan. U nikoh oqshomi uchun 250 dollarga sotib olgan kundalik qora libosini kiyishni afzal ko’rgan.

Sara Jessika Parker

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

20 yil avval oila qurgan Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik juftligi duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay Gollivuddagi eng mustahkam oilalardan biri bo’lib qolmoqda. Aktrisaning afsuslanadigan yagona narsasi – qora to’y libosi. Parkerning ta’kidlashicha, agar u vaqtni orqaga qaytara olganida edi, nikoh oqshomi uchun eng chiroyli oq libosni kiygan bo’lar edi.

Liberti Ross

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

Model Liberti Ross ikkinchi bor turmush qurishida qop-qora libos va to’q qizil atirgul bilan ko’rinish berishga qaror qilgan.

Ellen Pompeo

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

Ellen ushbu suratda o’zining to’y libosida emas. U oradan 10 yil o’tganidan keyin ham o’zining to’yidagi suratlarni bo’lishishni istamaydi. Biroq u bergan instervyulardan anglash mumkinki, u ham yuqoridagi qahramonlar singari oppoq qor kabi libosdan ko’ra qora kelin ko’ylakni afzal ko’rgan.

Sheney Grayms

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

Sheney birinchi bora qora libos kiygan kelinchak sifatida o’zidan faxrlanishi mumkin. Ehtimol, u nikoh mustahkamligini aynan libos rangi bilan bog’liq deb o’ylar. Sababi ular hanuzgacha turmush o’rtog’i Josh Bich bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Sheril Koul

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

Ammo Sheril Koulning qora to’y libosi unga baxt keltirmadi. Uning Jan-Bernand Fernandes-Versini bilan nikohi 2 yildan so’ng buzildi.

Tina Terner

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

10 yillik sinovlardan so’ng Tina va musiqachi Ervin Bax turmush qurishga muvaffaq bo’ldi. Oradan 27 yil o’tgan bo’lsa-da, birinchi turmushidagi qiyinchilik va ajrim tufayli Tina qayta turmush qurishga qo’rqqan edi. Ammo 2013 yil yulduz umuman o’zgacha ko’rinishda Bax bilan oila qurdi.

Avril Lavin

«O'zgacha kelinlar»: qora ko'ylakda turmush qurishga qaror qilgan 8 ta yulduz (foto)

2013 yil Avril ikkinchi marotaba kelin bo’lishga muvaffaq bo’ldi. U bu safar hamma narsani o’ziga xos tarzda o’tishiga qaror qilgandi. Qadimgi fransuz qal’asi, qora to’y libosi, qora guldasta va hattoki to’y torti ham qora rangda edi. Ammo yulduzning ikkinchi turmushi ham ikki yilgina davom etdi. U 2015 yil turmush o’rtog’i bilan rasman ajrashganini e’lon qildi.

Daryo.uz