O’zbekistonlik 15 yoshli yishit Apple dasturlaridan birida xato borligini aniqladi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.
Ma’lum bo’lishicha, G’iyos Umarov xakkerlar Apple’ning bepul o’quv materiallari yig’iladigan yirik iTunes- U katalogiga kirib, foydalanuvchi ma’lumotlarini olishlari mumkinligini aniqlagan. Buni G’iyos Apple’ga ma’lum qilib, xatoni tuzatish uchun dasturlash tilida kodlarni yozib yuborgan
Kompaniyaning bildirishicha, G’iyos haq bo’lib chiqqan. Apple yangilangan ilovaga G’iyosning ismini yozib, o’z minnatdorchiligini bildirdi. G’iyos Nmyu Jersida oilasi bilan yashaydi. Onasining aytishicha, o’g’li dasturlashni kurslarga qatnamay, mustaqil o’rgangan.
Izohlarni ko`rish