Norvegiya shimolidagi Nurlann provinsiyasida joylashgan Sture Futoya oroli sotuvga qo’yildi, deb xabar berdi NRK telekanali.
Ma’lum qilinishicha, orolning boshlang’ich narxi 2 million kronga teng (234 ming dollar).
Xabarga ko’ra, oxirgi yuz yil davomida orolga bir oila egalik qilib kelmoqda, ammo o’zlari u yerda yashamagan.
Orol egalari undan qanday foydalanishni bilmagani uchun sotuvga qo’ygan.
Orolda qumli plyaj, tog’ va kichik ko’llar bor. Ob’yekt kimoshdi savdosi 24 sentyabrda bo’lib o’tadi.
Izohlarni ko`rish