«Miss MDH-2018» tanlovida O’zbekistondan Darya Masalskaya qatnashmoqda.
Darya Masalskaya 19 nafar ishtirokchilar qatorida MDHning eng go’zal qiz unvoni uchun bellashuvga chiqadi.
«Bizni yaxshi mehmon qilishmoqda. Tanlov yuqori darajada tashkil etilganligi uchun qizlar orasida hech qanday nizolar yuzaga kelmayapti. Barcha ishtirokchilar o’zlarining his-tuyg’ularini ijobiy tarzda ifoda etishmoqda», – deya o’rtoqlashdi Darya Sputnik Qozog’iston muxbiriga.
Darya «Miss MDH» go’zallik tanlovida qiziqarli insonlar bilan tanishish va ozgina sayohat qilishga umid qiladi.
U Ostonaga ikkinchi marta tashrif buyurmoqda va shu tashriflarda Qozog’iston poytaxtining o’zgaruvchan ob-havosini eslab qoldi.
Ostonada 17-27 iyul kunlari «Miss MDH – 2018» xalqaro go’zallik tanlovi o’tkazilmoqda.
Hamdo’stlikning eng go’zal qiz unvoni uchun Qozog’iston, Rossiya, Gruziya, Qirg’iziston, Ukraina, Latviya, Tojikiston, Armaniston, Belarus va O’zbekistondan jami 19 nafar qizlar bellashuvga chiqadi. Gruziya, Latviya va Ukraina MDHga a’zo emas, ularning vakillari maxsus ishtirokchi sifatida taklif etilgan.
«Miss MDH-2018» g’olibiga toj, pul mukofoti va tanlov homiylaridan sovg’alar taqdim etiladi.
«Miss MDH» tanlovi 1996 yildan boshlab o’tkazilmoqda.