O'zbekistonlik o'smir bokschilar Rossiyadagi turnirda 1-o'rinni egalladi

Joriy yilning 19-23 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks bo’yicha o’smirlar o’rtasida xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Bu haqda O’zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoaviy bellashuvlar tarzida tashkil etilgan musobaqada o’zbekistonlik bokschilar Rossiya-1, Rossiya-2, Belarus va Sankt-Peterburg jamoalariga qarshi bahs olib bordi.

Bekzod Hidirov murabbiyligidagi O’zbekiston jamoasi 4 ta uchrashuvning barchasida g’alabaga erishdi va turnir g’olibligini qo’lga kiritdi.

Natijalar:

O’zbekiston-Rossiya-1 – 7:6;

O’zbekiston-Sankt-Peterburg – 10:3;

O’zbekiston-Belarus – 9:4;

O’zbekiston-Rossiya-2 – 8:5.