Numbeo tahliliy xizmati o’rtacha «sof» ish haqi bo’yicha davlatlar reytingini e’lon qildi. O’zbekiston reytingda 106 o’rindan 96-o’rinni egalladi.
O’zbekistonda ish haqi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari orasida eng past ko’rsatkich bo’lib, 278,7 dollarni (3 million 38 ming so’m) qayd etgan. MDH davlatlari orasida Rossiya yetakchilik qilib, 846 dollar bilan 47-o’rinni egallagan. Belarus 481 dollar bilan 72-o’rin, Qozog’iston esa 419 dollar bilan 77-o’rinni qayd etgan.
Kuchli o’ntalikdan quyidagi davaltlar o’rin egallagan
1. Shvesariya — 5988, 76 dollar
2. Singapur — 4247,77 dollar
3. Avstraliya — 4143,38 dollar
4. AQSh — 3738,98 dollar
5. BAA — 3681,95 dollar
6. Norvegiya — 3433,85 dollar
7. Kanada — 3301,98 dollar
8. Qatar — 3251,37 dollar
9. Daniya — 3214,18 dollar
10. Islandiya — 3193,68 dollar.