Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a'zosiga aylandi

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O’FA) birinchi vitse-prezidenti, sobiq hakam Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) qoshidagi hakam va ekspertlar komissiyasi a’zosiga aylandi. Bu haqda RFI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq RFI mazkur komissiya a’zoligi uchun qator mashhur sobiq hakamlar nomzodlarini ko’rib chiqayotgni xabar qilingandi. Ushbu komissiya Rossiya futbol hakamlari faoliyatini baholab boradi va ularning xato-kamchiliklarini tahlil qiladi.

Ravshan Ermatov 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan va O’FA birinchi vitse-prezidenti etib saylangandi. 2021 yilning sentyabr oyida Ermatov O’FA vitse-prezidentligiga qayta saylangandi.

Ermatov Jahon Chempionatlarida 11 ta o’yinda ishtirok etgan va bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Uning yaqin ta’qibchisi Nestor Pitana hisobida 9 ta o’yin bor.