O'zbekiston eng boy va eng qashshoq mamlakatlari reytingida nechanchi o'rinda?

Amerikaning Global Finanse iqtisodiy jurnali boy va qashshoq mamlakatlar an’anaviy reytingini e’lon qildi. Tahlilchilar tomonidan 189 davlat ko’rsatkichlari inobatga olingan ro’yxatda O’zbekistonga 127-o’rin munosib ko’rilgan. Unga binoan, O’zbekistonning har bir fuqarosiga 6452 dollar to’g’ri keladi. Undan oldin turgan Hindistonning bu boradagi ko’rsatkichi 6658 dollar, keyingi o’rindagi Vetnamning har bir fuqarosi ulushi 6421 dollardir.