O’zbekiston avgust oyida jami 43,9 ming tonna uzum eksport qilgan
Davlat statistika qo’mitasi bu haqda xabar berdi.
Ma’lumotga ko’ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O’zbekiston xorijga qiymati 64,5 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 78,8 ming tonna uzum eksport qilgan.
Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 5 ming tonnaga oshgan.
Avgust oyida esa qiymati 30,8 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 43,9 ming tonna uzum O’zbekiston tomonidan eksport qilgan.
Izohlarni ko`rish