O’sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog’ida Qirg’izistonni O’zbekiston bilan bog’lovchi uzunligi 270 metr bo’lgan yer osti tunneli topildi. Bu haqda Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasiga tayanib Knews.kg nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tunnelning chuqurligi 15 metr, kirish qismi 1,8 metr, eni 1,5 metr, kirish joyidan chegara chizig’igacha 40 metr, kirishdan chiqish qismigacha 270 metrni tashkil etadi.
«Yuqoridagi tunnel aniqlangan «M.A.M.» uchastkasi egasiga kelsak, ushbu shaxs hozirda Jalol viloyati Qizil-Jor shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotganligi sababli, aqli rasoligi bo’yicha ikkinchi marta ekspertiza o’tkazish rejalashtirilgan»,-deyiladi xabarda.
Ayni paytda jinoyat ashyolari olinmoqda, deb xabar beradi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi.