Mbappe chempionlar ligasida kimga muhlislik qiladi?

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe nima uchun «Real»ga o’tmasdan, Parijda qolishga qaror qilganini tushuntirib o’tdi.

«Fransiyada o’ynashda davom etishimdan xursandman. Bu yerda men tug’ilib o’sdim va muvaffaqiyatlarga erishdim. Bundan keyin rivojlanishda davom etishimga ishonaman.

So’nggi oylarda meni qo’llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytaman.

Florentino Peresga esa minnatdorchilik bildiraman. Shunday jamoadan taklif olishga muvaffaq bo’ldim. Ularning hafsalasi pir bo’lganini tushunaman. Chempionlar ligasi finalida «Real»ni qo’llab-quvvatlayman», – dedi Mbappe.