Efiopiyada bir erkak o’z dafn marosimi chog’ida tirildi. Marhum haqida ko’zda yosh bilan fikr bildirilayotgan mahal tobut ichidan taqillagan ovoz eshitilib qolsa deng.
Bu voqea odamlarni shu qadar qo’rqitdiki, ular tumtaraqay bo’lib qochib qolishdi. Natijada erkak tobutning ichidan o’zi bir amallab chiqishga majbur bo’ldi. Tobutkashning so’zlariga ko’ra, u bunday voqeani umrida birinchi marta ko’rib turishi ekan.
Biroq oradan ikki oy o’tib tirilgan erkak baribir jon taslim qildi.
O’tgan yili Eronning Urmiya shahrida 6 oylik chaqaloq ham o’lgan, deb topilganidan so’ng tirilgan edi.
Izohlarni ko`rish