Oybek Tursunov Kapitalbank’ning 34 foiz aksiyasini sotib oldi

Bankdagi u egalik qiladigan jami aksiyalar 50 foizga yetdi.

Oybek Tursunov Kapitalbank ustav kapitalidagi 34,10 foiz aksiyani sotib oldi. Bu haqda Fond birjasi saytida ma’lumot keltirilgan.

 

Unga ko’ra, 29 oktyabr kuni Oybek Botirovich Tursunov Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi 34,10 foiz aksiyani sotib olgan. Bankdagi u egalik qiladigan jami aksiyalar 50 foizga yetdi. Fond birjasi saytida xarid narxi bo’yicha ma’lumotlar keltirilmagan.

 

Bitimdan so’ng bankda Oybek Tursunov egalik qiladigan aksiyalar soni 164 million 927 890 taga yetgan.

 

Ma’lumot uchun, 2020 yilning may oyida Oybek Tursunov Uzcard aksiyalarining nazorat paketi egasiga aylangan edi.

 

Avvalroq O’zbekistonda «Bank Apelsin» aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilgandi.