18 yoshli o’smir o’z hisob raqamida qurilish kompaniyasi tomonidan 8 900 funt kelib tushganini ko’rib, hayratda qoldi. Yigitcha bu haqda darhol yaqinlariga aytib, pullarga “Porsche” avtomashinasini sotib olib berishlarini so’radi.
O’smirning onasi aqlli ayol bo’lgani sababli bu pullarni ishlatishiga qarshi chiqdi va darhol hisob raqamni tekshirish uchun bankka yo’l oldi.
Aniqlanishicha, bank xodimi nollarni adashtirib yuborgan ekan. Biroq xatosini bilgach, yana pullarni qaytarib olgan.
Biroz avvalroq avstraliyalik davlat xizmatchisining hisob raqamiga o’z maoshidan yuz barobar ortiq pul kelib tushgandi. Insofli xodim pullarni darhol qaytarib bergan.
Izohlarni ko`rish