Keniyalik 90 yoshli Prissilla Sitinay o’z orzularini amalga oshirish uchun hech qachon kech emasligini isbotlab berdi.
Prissilla 65 yil doya bo’lgan va o’z tajribasi bilan ko’p oilalarga farzand hadya etgan.
Dastlab maktab ma’muriyati uning istagini jiddiy qabul qilmadi, biroq kampirning ahdi qat’iyligini bilishgach, qarorlarini o’zgartirishdi.
«Men shunchaki Bibliya kitobini o’qishni istayman. Va yana bolalarni ta’limga targ’ib etishni ham. Bizda juda ko’p savodsiz odamlar bor, ular allaqachon ota-ona bo’lishsa-da, hali ham maktabga borishmagan».
Hozirda ilmsevar kampir 6 nafar nevarasi bilan birga dars qiladi.
Izohlarni ko`rish