Rojdestvo dam olish kunlarida butun dunyo bo’ylab «O’rgimchak odam: Uyga yo’l yo’q» filmiga chiptalar sotuvidan tushgan foyda 1,05 milliard dollarga yetdi. Bu haqda CNBC ma’lum qildi.
Film noyabr oyida ekranga chiqarilgan va 904,9 million dollar yig’gan Xitoyning «Chanjin ko’lidagi jang» filmini ortda qoldirdi.
Comscore ma’lumotlariga ko’ra, 1 milliard dollardan oshgan so’nggi film 2019 yilda suratga olingan «Yulduzlar janggi: Skayuokerning yuksalishi» filmi edi.
Avvalroq, premeradan keyingi birinchi dam olish kunlarida film Shimoliy Amerikada 253 million dollar ishlab topgani, Sony kinostudiyasi hisob-kitoblariga ko’ra, bu Shimoliy Amerika prokat tarixidagi uchinchi natija bo’lgani xabar qilingandi.
Ushbu ko’rsatkich bo’yicha yangi «O’rgimchak-odam» Marvel suratga olingan yana ikkita filmdan keyin ikkinchi o’rinda turadi: «Qasoskorlar: Oxirgi o’yin» va «Qasoskorlar: Cheksizlik janggi».
Filmning AQShda premyerasi 16 dekabr kuni bo’lib o’tgandi.