“Uyda yolg’iz” va “Uyda yolg’iz — 2” filmlarida bosh qahramonning akasi rolini ijro etgan amerikalik aktyor Devin Retrey o’z sevgilisiga hujum qilganlikda ayblanmoqda.
U Oklaxomada hibsga olingan, ammo 25 ming dollar garov evaziga qo’yib yuborilgan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, aktyor va uning sevgilisi shu oy barda janjallashib qolgan. Retrey sevgilisi ikki muxlisdan uning dastxati tushirilgan kartalar uchun pul olmaganidan xafa bo’lgan. Shundan so’ng er-xotin janjalni mehmonxonada davom ettirgan. Aktyorning sevgilisining so’zlariga ko’ra, mojaro paytida u uni bo’g’a boshlagan.
Izohlarni ko`rish