Oq uy Trampdan keyin yaxshilab dezinfeksiya qilinadi

Politico nashrining AQSh umumiy xizmatlari ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, dezinfeksiya ishlari prezident saylovlari g’olibi deb e’lon qilingan Jo Bayden Oq uyni egallashidan oldin o’tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Tramp Oq uyni tark etgach, u yerdagi barcha sirtlar bir necha soat davomida dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari, Oq uyda havoni tozalash ishlarini o’tkazish ham rejalashtirilgan.

Oktyabr boshida Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp koronavirusga chalingandi. Tramp bir necha kun harbiy gospitalda davolangandan keyin Oq uyga qaytgandi.