O’zingizga mos keluvchi ishni topa olmasangiz, tashvishlanmang! Muvaffaqiyat birdaniga kelmaydi. 30 yoshga yetgan ko’pchilik odamlar ortlariga, bosib o’tgan umr yo’llariga nazar tashlab, arzigulik hali hech narsa qilishga ulgurmaganliklarini his qiladilar. Shunday lahzada inson ongiga “bo’ldi, vaqt o’tib ketdi, endi hech narsa qilib bo’lmaydi”, degan fikr kelishi tabiiy. Bugun Gooper.uz bilan ushbu maqolada yangi marralarni zabt etishni boshlash hech qachon kech bo’lmasligini, muvaffaqiyat ham biroz keyinroq kelishini isbotlovchi 10 ta mashhur insonlarning tarixlari bilan tanishib chiqamiz.
Rey Krok – McDonald’s asoschisi. 52 yoshigacha qog’oz stakanlarni sotib kun kechirgan.
“1954 – yilda men 52 yoshda edim. Mendan operatsiya yo’li bilan o’t pufagimni va qalqonsimon bezning ko’p qismini olib tashlashgan edi. Ammo men kelajakka ishonch bilan qaradim”. U taqdirini butunlay o’zgartirib yuborgan aka – uka Makdonaldlar bilan uchrashuvini shunday esga oladi. Shuncha kasalliklari bo’lishiga qaramay yana qo’shimchasiga yaxshi eshitmas va boy ham emas edi. Krok mashhur biznesmen edi, lekin boshlagan barcha ishlari chippakka chiqardi. 1954 – yilda “Makdonald’s”ni tarqatish uchun litsenziyaga 15 ming kerak bo’lganda birorta bank unga kredit ajratmagan ekan. Boshqa iloji qolmagan Krok uyini garovga qo’yishga qaror qildi va yana 30 yil yashab 600 million dollar foyda ko’rdi.
Joan Rouling – “Garri Potter” asari muallifi.
Roman yozish istagi unda 1990 – yilda paydo bo’la boshlagan. Keyingi 7 yil ichida ishidan ayrilib, eri bilan ajrashadi va qiyinchilik bilan kun ko’ra boshlaydi. Va nihoyat, 1997 – yilda “Garri Potter”ning birinchi qismini anshr ettiradi. Hozirda uning asarlari Buyuk Britaniyada eng ko’p sotiladiga asarlar ro’yhatida yuqori o’rinlarni egallab turibdi. 5 yil ichida bechorahol ayoldan multimillionerga aylandi.
Amansio Ortega – Zara boshlig’i. 37 yoshgacha do’konda yordamchi bo’lib kun ko’rgan.
Bolaligida oilasi shu darajada kambag’al bo’lganidan hatto o’rta maktabni bitirishga ham qurbi yetmaydi. O’rta maktabni tashlagach Amansio 13 yoshida ko’ylaklar do’konida yordamchi bo’lib ishga kiradi. 37 yoshida o’zining xususiy trikotaj fabrikasini ochishga muvaffaq bo’ladi. Dastlab rafiqasi Rosaliya bilan uyida xalatlar, tungi ko’ylaklar tikadi. 1975 – yilda Zorba nomli kichik do’koncha ochadi. 2012 – yilda Bloomberg agentligi Ortegani Yevropaning eng boy kishilari ro’yhatiga kiritadi.
Harrison Ford – aktyor va prodyuser. 30 yoshgacha duradgor bo’lgan.
Uning dastlabki suratga tushgan filmida u ishtirokidagi barcha sahnalar olib tashlangan. Shundan keyin u aktyorlik karerasini tugatib, duradgorlik qilishga qaror qilgan. Duradgorlik faoliyati Jorj Lukas bilan tasodifiy uchrashuvgacha davom etgan. Jorj uni “Amerika graffitlari” nomli filmida suratga tushishni taklif etgan. O’shanda u 30 yoshda bo’lgan.
Meri Key Esh – Mary Kay asoschisi. 45 yoshgacha savdo agenti bo’lib faoliyat yuritgan.
45 yoshida ishdan ketishga va ayollar hamda biznes haqida kitob yozishga qaror qilgan. Yozgan kitobi o’z idealidagi ajoyib kompaniyaning biznes – rejasiga aylangan – qolgan! Kompaniya ishlab chiqaradigan mahsulotlar teri parvarishi uchun ishlatiladigan turli vositalardan iborat edi. 1963 – yilga kelib u eri bilan Mary Kay Cosmetics nomli kompaniyaga asos soladi – o’shanda kompaniyaning boshlang’ich kapitali atigi 5000$ ni tashkil etgan.
Genri Ford – Ford motor Company – ushbu korporatsiyani 40 yoshida ishga tushrgan.
Irlandiyalik emigrantlar oilasida dunyoga kelgan bolakay uyidan qochib chiqib, Detroytda ishlashga ketadi.36 yoshgacha Edison kompaniyasida injener – mexanik bo’lib ishlaydi. 30 yoshida o’zining birinchi avtomobil konstruksiyasini yaratgan, lekin xususiy kompaniyasiga 10 yildan so’ng asos solgan.
Ursula Berns – Xerox bosh direktori – 32 yoshgacha Xerox kompaniyasida past lavozimlarda ishlagan.
Ta’limni tugatgach, 1980 – yili Xerox ga amaliyotni o’tash uchun tashrif buyuradi. 2009 – yilga kelib, Ursula kompaniyaning bosh direktori lavozimiga qadar ko’tariladi va Amerika korporatsiyasini boshqargan birinchi qora tanli ayol nomini oladi.
Sheldon Adelson – Las Vegas Sands asoschisi. 30 yoshigacha oynalar uchun suyuqliklar va shampun savdosi bilan shug’ullangan.
12 yoshida maktabni tashlab, deyarli barcha sohada o’zini sinab ko’rgan: gazeta sotgan, mehmonhonada salfetka, sovun, turli shampunlar sotgan, broker bo’lib ishlagan. Hatto otasi uning bunday xilma – xil qiziqishlaridan hayratga tushib qoladi.
Avvaliga Las Vegasda kompyuter taqdimotini yaratgan, 1988 – yilda esa Las Vegas Sands nomli yirik kazino asoschisiga aylanadi. O’sha paytda u 55 yoshda bo’lgan.
Manoy Bhargava – 5-Hour Energy asoschisi. 30 yoshgacha Hindistondagi monastirda monax bo’lgan.
Shundan so’ng, AQSH ga kelib biznes bilan shug’ullanishni boshlagan – 5-Hour Energy nomli energetiklar ishlab chiqaruvchi kompaniyani yaratgan.
Andrea Bochelli – qo’shiqchi. 33 yoshgacha barlarda fortepiano chalib yurgan.
12 yoshida butunlay ko’z nuridan judo bo’lgan Bochelli opera qo’shiqchisi bo’lishni orzu qilgan. Shu maqsadda Turinga yo’l olib, vocal bilan shug’ullangan. Kechalari turli guruhlarda fortepiano bo’yicha dars bergan. 1992 – yili uning qo’shiqlari italyan rok – yulduzi Dzukkeroga yetib boradi. Shundan so’ng uning mashhur ijodiy davri boshlanadi.
Eng Li, rejissyor – 36 yoshgacha ishsiz bo’lgan.
Kino sanoati bo’yicha AQSHda ta’lim olgan Eng Li bir nechta muvaffaqiyatli filmlarni suratga oladi. Lekin, undan buyog’iga ishlari orqaga etishni boshlaydi – 6 yil ishsiz yuradi. 1990 – yildagina uning senariylari konkurslarda g’olib chiqa boshlaydi va uning rejissyorlik karerasi boshlanadi. Endi esa Eng Li “Xalk”, “Pining hayoti” kabi filmlari bilan sizga va butun dunyoga dong’I ketgan rejissyor hisoblanadi.
Yuqoridagilarni o’qib hayratga tushgandirsiz?! Siz ham hech qachon izlanishdan to’xtamang!
Manbaa Sever.uz