KUN KULGISI !!!

* * *

Juhuddan so’rashdi:

— Buncha shoshmasang? Qaerga ketyapsan o’zi?

— Aloqa bo’limiga.

— Kimgadir telegramma jo’natmoqchimisan?

— Yo’q, ruchkamning siyohi tugab qoldi. To’ldirib kelay.

* * *

Ayol vrach qabuliga keldi.

Vrach:

— Nega uzoq vaqt ko’rinmay ketdingiz?

Ayol:

— Kasal edim.

* * *

Operatsiyadan so’ng jarroh bemorga dedi:

— Kechirasiz-u, sizni qayta operatsiya qilishga majburmiz.

— Nega?

— Ichingizda qaychi qolib ketibdi.

— Do’xtir, operatsiya qilishingizga qarshi emasman. Lekin bir iltimosim bor.

— Qanaqa iltimos?

— Qaychini olgandan keyin qornimni tikish o’rniga tugmachalar o’rnatib qo’ya qoling! Keyingi safar yana biror narsani unutib qoldirsangiz, chiqarib olishingiz oson kechadi.

* * *

Bolakay bir kuni otasidan so’radi:

— Dada, «poxmel» nima degani?

Ota uzoq o’ylab turgach, javob qildi:

— O’g’lim, masalan, kechqurun yotishdan oldin sen ko’-o’p muzqaymoq yeding. Ertalab tursang, boshing tars yorilgudek og’riyapti. Bir qoshiq muzqaymoq yeysan-u, bosh og’rig’ing tuzaladi. Mana shuni «poxmel» deyishadi.

* * *

— Iltimos, bir shisha aroq bering!

— Og’ayni, soatga qaramadingmi? Biz kechki soat 11: 00 dan keyin aroq sotmaymiz.

— E, soatim bo’lsa qaraymanmi? O’sha soatimni aroq olaman deb sotib yuborganman!

* * *

Yangi o’zbek ofisga chopib kirdi-da, kotibasiga baqirdi:

— Stolimdagi changlarni nega artib tashlading? Men u yerga eng muhim telefon raqamini yozib qo’ygandim!

* * *

Ikki chukcha o’tirib olib astoydil bombani arralashardi. O’tkinchi ularga dedi:

— Vey, bu nima qilganlaring? Portlab ketadi-ku!

— Portlasa portlayversin! Bizda yana bitta bomba bor.

* * *

Bir kuni chukcha dengiz flotiga borib kema bo’yashga yollandi. Ishni tugatgach, kema rahbari tekshirib ko’rdi-da, so’radi:

— Nega kemaning bir tarafinigina bo’yabsan? Jinnimisan?

— O’zing jinnisan!.. Ana, qara, shartnomada «Chukcha bir tomondan, kema rahbari ikkinchi tomondan» deb yozib qo’yilgan.

* * *

Muallima beshinchi sinf o’quvchisidan so’radi:

— Eshmat, ayt-chi, odam aqlliroqmi, hayvonlarmi?

— Hayvonlar.

— Voy, nega?

— Masalan, men itimga gapirsam, hamma gapimni tushunadi. Lekin u gapirsa men nima deyotganini umuman tushunmayman.

* * *

Olti yashar Toshmat onasidan so’radi:

— Oyi, «manikyur» degan baliq bormi?

— Yo’q. Bu gapni qaerdan olding?

— Dadam og’aynisiga qo’ng’iroq qilib: «Kecha baliq ovida tun bo’yi manikyur qovurdim» deb aytdi.

* * *

Vrach qabulidan chiqqan bemor boshqa bir bemordan so’radi:

— Qiziq, nega do’xtir kabinetiga skelet o’rnatib qo’yibdi-a?

— Shu skelet egasi do’xtirning birinchi mijozi bo’lsa kerak.

* * *

Boshiga bolta sanchilgan o’rta yoshli bemor vrach qabulida o’tiribdi. Vrach xotirjamlik bilan so’radi:

— Xo’-o’sh… Bolalikda qizamiq, suvchechak, sariq kasali bilan og’riganmisiz?..