Gap professional shaxmatchilar xususida boradi. Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, grossmeysterlar oddiy odamlarga qaraganda uzoq umr ko’rishini ko’rsatib berdi. Ular kechiradigan umr olimpiadalarda hamisha g’olib bo’luvchi sportchilar umri bilan baravar ekan. Oddiy odamlar bilan solishtirganda esa, shaxmat ustasining umri yetti-sakkiz yil ko’proq bo’larkan.
— Ilgari xalq orasida bir afsona yurardi, — deydi Melburn (Avstraliya) universiteti mutaxassisi Filip Klark (Philip Clarke). — Bu afsonada shaxmat ustalarining umri qisqa bo’lishi e’tirof etilardi. Biz o’sha afsonani qat’iyan rad etdik. Chunki tadqiqotlarimiz bu afsonada aytilgan gapning aksini ko’rsatdi.
Buning isboti sifatida Rossiyada yashovchi shaxmat bo’yicha jahon grossmeysteri Yuriy Averbaxni tilga olish mumkin. U ayni kunlarda 96 yoshni qarshiladi. Uzoq yashashning asosiy sirlaridan biri esa yaxshi sharoitda, muhitda umrguzaronlik qilish, salomatlikka alohida e’tibor qaratishdir.