Facebook orqali bo’lishish
Twitter orqali bo’lishish
— Men ko’p qavatli uyning to’rtinchi qavatida yashayman. O’z xonamdagi musiqa apparatidan chiqadigan shovqin haqida qonunchiligimizda qanday taqiqlar bor?
… 27-20 abonenti
— O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 192-moddasiga asosan, agar tungi vaqtda — soat 23:00 dan 06:00 gacha fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo’shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo’laklari va eshiklarida, ko’chalarda ovozi baland qilib qo’yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo’lmagan holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlar sodir etilsa, fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.