Olimlar taqiqlaydi: bolaga baqirish mumkin emas!

O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar bolaga doimiy baqirib gapirish uning jismoniy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi va hatto go’dakning semirib ketishiga olib kelishi mumkinligini ko’rsatdi. Bunday xulosani Ayova shtati olimlari izlanishlari natijasi sifatida ommaga taqdim etmoqda.

“Tarbiya jarayonidagi qo’pollik jismoniy rivojlanish jarayonida muammolarni keltirib chiqaradi va bu vaziyatda ota-onaning bir-biriga qilgan qo’polligi ham muammoning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi”, – deydi tadqiqot rahbari Tomas Shofild.

Shuningdek, olim tarbiyadagi qattiqqo’llik bolaning doimiy tushkun holatda bo’lishiga va bu kayfiyatdan ulg’ayganida ham qutula olmasligiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, doimiy tushkunlik bolada surunkali gormonal buzilishlar, tananing yallig’lanishga moyilligi hamda yurak-qon tomir faoliyatining pasayishiga olib keladi.

(“7 Mo»jiza” xazinasidan)

loading…