* * *
Er tong saharda jazmaninikidan uyga qaytdi. Eshik ro’parasida to’xtadi-da, devorning oq bo’yog’idan yuzlariga, kiyimlariga surtib oldi va uyga kirib xotiniga dedi:
— Xotinjon, kechir! Kecha kechqurun birinchi muhabbatimni uchratib qolgandim… O’zimni boshqara olmadim…
— Yolg’on gapirishni bas qiling!.. Yana tuni bilan bilyard o’ynadingizmi?
* * *
Uch yigit ko’chada ketib borishardi. Ulardan biri kelayotgan taksini ko’rdi-yu, yonidagining orqasiga berkinib oldi.
— Senga nima bo’ldi? — so’rashdi undan.
— Kecha biz kinoteatrdan chiqsak, shu taksida uchtasi xotinimni shartta qo’llarini qayirib taksiga o’tqazishdi va jo’nab ketishdi… Hozir… Qaytarib olib kelishdimi deb qo’rqyapman.
* * *
— Yomon tush ko’rdim. Tushimda kelishgan, go’zal bir millioner qiz meni talashib xotinim bilan rosa urishganmish.
— Bu tushning nimasi yomon?
— Xotinim g’olib bo’ldi, ovsar!
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha uyimda uxlab yotsam, nimadir taraqlab ketganday bo’ldi. O’rnimdan turdim-u, qotib qoldim. O’g’ri!.. Lekin juda kelishgan yigit ekan.
— Xo’sh, keyin nima qilding?
— Unga: «Ikki soatdan so’ng qorangizni ko’rmay!» dedim.
* * *
— Dugonajon, Mehriga ishonib sir aytsa bo’larmikan?
— Ha. Uch yil oldin unga bobosidan katta miqdorda pul meros qolgan. Haliyam bu haqda eri bilmaydi.
* * *
— Xudoyim, zamonning tez o’zgarishini qarang!.. Onam otamning ilk bo’sasini hamon esidan chiqargani yo’q. Singlim bo’lsa, birinchi erining ismini eslay olmaydi.
* * *
Hayotda ayolning ixtiyorida uch maxluq bo’lishi lozim.
Timsoh — toza charmdan tikilgan sumkacha.
Yaguar — u do’konga qatnaydigan mashina.
Eshak — mana shu narsalar uchun pul to’laydigan ahmoq.
* * *
— Dugonajon, ishonasanmi, kecha mehmonga borgandim, sobiq erimni uchratib qoldim.
— Nima bo’pti?
— Men uning shu qadar yoqimtoy suhbatdosh ekanini ilgari bilmagan ekanman.
* * *
Ikki ayol pod’yezdda uchrashib qolishdi va bir-birlariga yangiliklardan hikoya qila ketishdi.
— Bilasizmi, qo’shnijon, anavi Oyshaning omadi bor ekan.
— Nega?
— Tuppa-tuzuk yigitga turmushga chiqib oldi. Boyvachcha jazmaniyam bor. Kecha-chi, qorong’i pod’yezdda nomusigayam tegishibdi.
* * *
— O’rtoqjon, kecha kechqurun ko’chada ketayotsam, oldimga bir «Jiguli» kelib to’xtadi. Haydovchisi oynadan boshini chiqarib meni aylantirib kelmoqchi bo’ldi. Qanday surbet!..
— Nimaga?
— Kvartirasini ko’rsayding, bilarding!
loading…