Olimlar gigant zaharli o'rgimchakning yangi turlarini kashf qilishdi

Olimlar Kvinslend markazidagi Brigalou kamarida uchraydigan noyob gigant o’rgimchakning yangi turini rasman tasvirlab berishdi. Ularning zahari odamlar uchun juda kam xavf tug’diradi, ushbu tur yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi.

«Araxnid Euoplos dignitas» deb nomlangan, lotincha “dignitas” “buyuklik”, “qadr-qimmat” deb tarjima qilinadi.

Bu tungi tur bo’lib, Banbaberg g’arbidagi Eysvold va Monto atrofidagi qora tuproqdagi tanga o’lchamdagi kichik teshiklarda uyalarini joylashtiradi. Araxnolog Maykl Riksning ta’kidlashicha, erkaklarnikidan kattaroq bo’lgan urg’ochilarning tanasi uzunligi deyarli besh santimetrga etadi. Ular butun umrlarini yer ostida o’tkazadilar. Erkaklar esa hayotlarining dastlabki besh-etti yilida chuqurchalarda yashaydilar, keyin tashqariga chiqib, urg’ochilarning uyalarini izlash uchun landshaft bo’ylab harakatlanadilar.