Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Panama terma jamoasi bilan o’yinda gol urdi. Shu tariqa argentinalik hujumchi professional faoliyatidagi 800-golini kiritdi. Klubdagi faoliyati davomida Messi 701 ta terma jamoa safida esa 99 marta gol urishga muvaffaq bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, bugun, 24 mart kuni Argentina va Panama terma jamoalari o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Uchrashuv mezbonlari 2:0 hisobida zafar quchdi. 89-daqiqada “PSJ” hujumchisi Lionel Messi jamoasining ikkinchi golini urdi va tablodagi yakuniy hisobni o’rnatdi.
Izohlarni ko`rish