Bu kashfiyot arxeologlarning insoniyatga oid ilk texnologiyalar evolyutsiyasi haqidagi tushunchasini o’zgartirishi mumkin.
Britaniya va Afrikalik arxeologlar yarim million yil avval yo’qolib ketgan odamlar jamoasi tomonidan qurilgan dunyodagi eng qadimiy inshootning qoldiqlarini topdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu topilma Afrikaning janubida aniqlangan bo’lib, u ishlangan yog’ochdan yasalgan. Taxmin qilinishicha, u botqoqlik bo’ylab baland yo’l sifatida qurilgan yoki botqoqli hududning o’rtasida baland joy sifatida, ehtimol ov bazasi yoki qassobxonaning bir qismi sifatida qurilgan.
Qayd etilishicha, topilma Zambiya shimolidagi botqoqli hududda topilgan va inson tomonidan yaratilgan boshqa har qanday tuzilmadan kamida ikki baravar qadimiy deya aytilmoqda.
Ushbu kashfiyot arxeologlarning insoniyatning dastlabki texnologiyalari va kognitiv qobiliyatlari evolyutsiyasi haqidagi tushunchasini o’zgartirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.