O’ziga xos geografiya va iqlim jihatdan tengi yo’q bo’lgan shahar, Kavkaz, Kichik Osiyo va Mesopotamiyagacha cho’zilgan o’zining yaylovlari, ertaknamo vodiylari va sersuv daryolari bilan tarix va madaniyatni uyg’unlashtiruvchi ochiq osmon ostidagi tabiiy muzeyga qiyoslanadi.
Ming yillik uzoq o’tmishi bilan Trabzon, Sharqiy Qoradengiz mintaqasining madaniy va tabiiy boylik markazidir go’yo… Qadimgi Buyuk Ipak yo’lida joylashgan shahar asrlar davomida dinlar, tillar va madaniyatlarning tutashgan joyi sifatida tanilgan. Shuningdek, afsonaviy Ipak yo’lidagi porti tufayli tarixda muhim o’rin tutgan. XIV asrda Marko Polo tomonidan ham ziyorat qilingan Trabzon, sayohat kitoblari va xotiralarida shaharni abadiylashtirgan Ksenofon, Avliyo Chalabiy, Falmeraer, Frunze kabi dunyoga mashhur sayohatchilar uchun ham ilhom manbai bo’lgan.
Bugungi kunda Trabzon muzeylar, monastirlar, masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar, hammomlar, katta bozor, shahar devorlari, fuqarolik me’morchiligining ajoyib namunalari va mislsiz manzaralari bilan muhim savdo va madaniyat markazi bo’lib qoldi.
Trabzon ikki ming yillik tarixi va son-sanoqsiz madaniy boyliklari bilan Turkiyaning eng mashhur shaharlaridan biridir. Qadimgi Ipak yo’lida joylashgan shahar, shuningdek, Sharqiy Qora dengiz mintaqasida joylashgan sayyohlarning asosiy sevimli maskani hisoblanadi.
Dunyoni hayratga soladigan antik inshootlar, butun shaharning sportga bo’lgan diqqat e’tibori, hunarmandchilik san’atlarining nozikligi va Trabzonga xos mahalliy taomlar shaharning yana bir qancha muhim qadriyatlaridandir.
Yashilning son-sanoqsiz tuslariga mezbonlik qilgan Trabzon, o’simliklar va o’rmonlar jihatdan nihoyatda boydir. Viloyatda 2500 ta o’simlik turi aniqlangan bo’lib, ulardan 440 tasi mintaqaga xosdir.