Amerikalik olimlar yotgan yoki o’tirgan holatda oyoqlarda yoqimsiz hissiyotlar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadigan bezovta oyoqlar sindromi ayollarda yurak-qon tomir kasalliklaridan o’lish bo’yicha katta risk borligi bilan bog’liq, degan xulosaga keldi, deb yozadi MedicalXpress nashriga tayanib Kun.uz
Olimlar o’rtacha yoshi 67 yosh bo’lgan 57 417 nafar ayol ishtirokidagi Nurses’ Health Study tadqiqoti ma’lumotlarini o’rganib chiqdi. 2002 yildan boshlab har ikki yilda ko’ngillilarga so’rovnoma jo’natilgan bo’lib, unda ular salomatligi haqida yozgan, shu jumladan ularda bezovta oyoqlar sindromi, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari kuzatilgan-kuzatilmaganiga aniqlik kiritgan. O’n yil ichida 6448 ta o’lim qayd etilgan.
Ma’lum bo’lishicha, bezovta oyoqlar sindromi tashxisi qo’yilgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etish riski bunday sindrom bo’lmagan ayollardagidan ko’ra 43 foizga balandroq bo’lgan.