* * *
Engiltabiatlikka moyil bir ayol dugonasidan so’radi:
— Dugonajon, agar men kinoyulduz bo’lganimda, butun jahon men haqimda gapirgan bo’larmidi?
— Bas qil, shundog’am butun mahalla faqat sen to’g’ringda gapirayapti. Shuning o’zi yetmaydimi?
* * *
— Dada, nega ZAGSga ketayotib, kelin-kuyovlar qo’l ushlashib olishadi?
— Bu odat, o’g’lim! Mana, boksdayam jangdan avval bokschilar bir-birlarining qo’llarini siqib qo’yishadi-ku!
* * *
O’qituvchi:
— Toshmatvoy, seningcha, eng zo’r maktab qanday bo’lishi kerak?
— Yopiq va hech qachon ishlamaydigan bo’lishi kerak!
* * *
Radiodagi e’londan:
Bugun havo 30 darajagachà soviydi. Birinchi va oltinchi sinflar o’quvchilari maktabga kelishmaydi.
Ob-havo homiysi: Birinchi sinf o’quvchisi Toshmatov.
* * *
Yigit:
— Jonim, yur, senga olib qo’ygan to’y sovg’amni ko’rsataman!
Qiz:
— Yo’q, onam to’ygacha to’y sovg’asini ko’rish mumkin emas deb tayinlagan.
* * *
Tun. Turma kamerasi. Mahbus kameradoshidan so’radi:
— Og’ayni, soat necha bo’ldi?
— To’rt.
Yana birozdan so’ng.
— Og’ayni, soat necha bo’ldi?
— Vey, senga nima farqi bor-a? Baribir, biz bir umrga qamalganmiz.
* * *
Xitoy jinoyat kodeksidan:
— 65- modda. Xitoyda ming kishidan ortiq odamni o’ldirgan jinoyatchigina seriyali qotilliklar sodir etgan hisoblanadi.
* * *
Jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i kotibasi mehmonga dedi:
— Boshliq afsuski hozir yo’qlar. Ammo siz barmoq izlaringizni qoldirib ketishingiz mumkin.
* * *
Ayol o’n dollarlik qog’oz pulni valyuta punktida almashtirib bo’lgandi, beixtiyor undan hisobchi qiz so’radi:
— Kechirasiz, qo’lingizdagi dollar negadir g’alati, qalbakimasmikan?
— Buni menga o’zingiz berdingiz-ku!
— Qarang, aytdim-a yuzi tanish tuyulayapti deb!..
* * *
Askar do’stiga xat yozdi:
— Bu yil kartoshka kovlashga askarlarning o’rniga Soliq kolleji talabalarini jo’natishgandi. Vey, ular yerni shunaqangi ag’dar-to’ntar qilib tashlashibdiki, bechora kartoshkalar pishishgayam ulgurmay qolishibdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit