image0

O‘zgidromet 10-12 fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12 fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12 fevralda 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10 fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12 fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 11-12 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, 11-12 fevralda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12 fevralda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, 11-12 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq havo haroratining o‘zgarishi sababli 8-12 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.